O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissor, multplikator, ssenariynavis, aktyor Nozim To‘laxo‘jayev u suratga olgan multfilmlardan birini Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz sotib olganini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi” gazetasi xabar bermoqda.
“Shu asar asosida ssenariy yozdim, ma’qullandi. Mazkur multfilmim Germaniya, Ispaniya kabi davlatlarda namoyish etilib, qator sovrinlar bilan mukofotlangan. O‘sha vaqtda Londondan shahzoda Charlz kelganida, bizni qabuliga chaqirishgan”, — deydi san’atkor.
“Tarjimon meni shahzodaga tanishtirganida, multfilm haqida iliq fikrlar bildirib: ‘London televideniyesida ikki yil namoyish etilishi uchun multfilmingni sotib oldim’, degandi”, — dedi Nozim To‘laxo‘jayev.
Izoh (0)