Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 32-turidan joy olgan markaziy o‘yinda “Valensiya” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
“Selta”ga qarshi 30-tur mag‘lubiyatidan keyin bosh murabbiy Garri Nevillni iste’foga chiqargan “Valensiya”, yangi mutaxassis Pako Ayestaran bilan birinchi o‘yinda “Las-Palmas”ga imkoniyatni boy bergandi. Murabbiyning ikkinchi urinishi omadli keldi.
Bu mag‘lubiyatdan keyin “Sevilya” Yevropa Chempionlar Ligasiga yo‘l olish imkoniyatlarini keskin kamaytirib yubordi. Ayni paytda Unai Emeri jamoasi 4-o‘rinda borayotgan va o‘zidan 1 ta kam o‘yinda maydonga tushgan “Vilyarreal”dan 9 ochko ortda bormoqda.
La Liga doirasida “Sevilya” joriy mavsum safar o‘yinlarining birortasida ham zafar qucha olmadi. Klub Yevropa Chempionlar Ligasida o‘ynashi uchun hech bo‘lmaganda Yevropa Ligasi musobaqasida zafar quchishi kerak bo‘ladi.
Qayd etish kerak, Unai Emeri shogirdlari Yevropa Ligasining so‘nggi ikki mavsumida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Yevropaning birorta ham jamoasi bu musobaqada ketma-ket uch bor zafar qucha olmagan.
Ispaniya La Ligasi 32-tur bellashuvlari 10 aprel, yakshanba
“Valensiya” — “Sevilya” 2:1
Gollar: Daniel Parexo, 41 (1:0). Kevin Gameyro, 86 (1:1). Alvaro Negredo, 90+1 (2:1).La Liga, 32-tur. “Real” yirik g‘alabasi evaziga turnir jadvalida “Atletiko”dan o‘zib ketib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi
La Liga, 32-tur. “Atletiko” safarda zafar quchib, hamshahri “Real”dan 2-o‘rinni 2 soat ichida tortib oldi
La Liga, 32-tur. Madrid klublari zafar quchgan kunda, “Barselona” safarda “Real Sosyedad”ga imkoniyatni boy berdi
Izoh (0)