Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 32-turi doirasida “Eybar” darvozasiga gol urgan Krishtianu Ronaldu shaxsiy yutuqlaridan yana birini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Championat” xabar berdi.
“Eybar”ga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyat Ronaldu uchun La Liganing joriy mavsumidagi 30-gol edi. Shu tariqa Krishtianu kuchli beshlik chempionatlarida (Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya) olti mavsumdan buyon 30 ta yoki undan ortiq gol urib kelayotgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylanib oldi.
“Manchester Yunayted” safidan Madridga 2009-yilda ko‘chib o‘tgan portugaliyalik futbolchi “Real” safida hozirga qadar turli musobaqalar doirasida 341 ta o‘yinda maydonga tushib, 356 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)