9-aprel kuni Amir Temur tavalludining 680 yilligi hamda u Movarounnahr hukmdori deb e’lon qilinganining 646 yilligi munosabati bilan tashabbuskor talaba-yoshlar tomonidan maxsus aksiya tashkil etildi, deyiladi “E-yoshlar.uz” sayti taqdim etgan xabarnomada. Ushbu loyihada saytning faol yoshlari ishtirok etmoqda.
Aksiya 3 qismdan iborat bo‘lib, dastlab ijtimoiy tarmoqlar orqali Amir Temur hamda temuriylar haqida ma’lumotlar tarqatish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2-qismda Amir Temurning hikmatlari, shuningdek, u haqida buyuk shaxslarning fikr va e’tiroflari qayd etilgan postlar joylashtiriladi. So‘nggi qismda esa O‘zbekiston bo‘ylab aksiya doirasida olingan fotosurat, videolavha va fuqarolarning ushbu sanaga munosabati internet foydalanuvchilariga taqdim etiladi.
Aksiyani 9-aprel, shanba kuni davomida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
Ilgariroq tashabbuskor yoshlar #BoburDay, #Navoiy575, #NavrUZ heshteglarini jahon trendiga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Izoh (0)