Qashqadaryo daryosining Qarshi shahridan o‘tgan qismida 9-apreldan ikkita zamonaviy kater suzishni boshladi. Bu haqda “Daryo” o‘quvchisi Ruslan Rustamov xabar berdi.
Katerlar 9-aprel kuni suvga tushirilgan. Taqdim etilgan suratlarda katerlarning suvga tushirish jarayoni va ularning suvda turgani aks etgan.Xabar berishlaricha, bu katerlar shahar aholisi va mehmonlarining hordiq chiqarishi uchun xizmat qiladi.
Katerlarning qayerda ishlab chiqarilgani, yo‘lovchi sig‘imi va aynan qachondan xizmat ko‘rsatishni boshlashi haqida hozircha aniq axborot yo‘q.
Izoh (0)