Bugun, 7-aprel kuni 2019-yil BAA mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi musobaqasi saralashiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi OFK rasmiy sayti.
29-mart kuni yakuniga yetgan JCh—2018 saralashining 2-bosqichidan o‘ta olmagan terma jamoalar endilikda 2019-yilgi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun bellashadi. Ular orasida O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan KXDR, Filippin, Bahrayn va Yaman terma jamoalari ham bor.
Yaman guruhda so‘nggi o‘rinni egallagani uchun Osiyo kubogi saralashidagi ishtirokini 1-bosqichdan boshlaydi hamda Maldiv orollariga qarshi uy-safar tizimida ikkita o‘yin o‘tkazadi.
1-bosqich (2—7-iyun)
A1 Xitoy Taypei — KambodjaA2 Maldiv orollari — YamanA3 Tojikiston — BangladeshA4 Malayziya — Timor LesteA5 Laos — Hindiston1-bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan 5 ta terma jamoa 3-bosqichga yo‘llanma oladi. Mag‘lub bo‘lgan terma jamoalar esa Osiyo kubogi—2019 dan umidini uzmaydi. Ular 2-bosqich pley-offida o‘z omadini sinab ko‘radi. Bu yerda 5 ta mamlakatga Butan ham qo‘shiladi hamda 3 ta juftlik hosil bo‘ladi.
2-bosqich (6-sentabr — 11-oktabr)
A2 mag‘lubi — A5 mag‘lubiA3 mag‘lubi — ButanA4 mag‘lubi — A1 mag‘lubiAfg‘oniston, Bahrayn, Vyetnam, Guam, Gonkong, Iordaniya, Kuvayt, KXDR, Livan, Myanma, Ummon, Falastin, Filippin, Singapur, Turkmaniston, Qirg‘iziston — jami 16 ta terma jamoa avtomatik ravishda 3-saralash bosqichida ishtirok etadi. Bular safiga 1-bosqichning 5 ta g‘olibi va 2-bosqichning 3 ta g‘olibi qo‘shiladi.
Shu tariqa 3-bosqichdagi jami 24 ta terma jamoa 4 tadan olti guruhga taqsimlanadi. Har bir guruhda dastlabki ikki o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar 2019-yilgi Osiyo kubogida ishtirok etadi.
JCh-2018 3-saralash bosqichiga yo‘l olgan Eron, Avstraliya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston, BAA, Xitoy, Qatar, Iroq, Sauriya va Tailand terma jamoalari Osiyo kubogi—2019 ga yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan. BAA mezbonligida o‘tadigan musobaqada ilk bor 24 mamlakat chempionlik uchun kurash olib boradi.
Izoh (0)