“Avtostat” agentligi Rossiyada ommalashgan xorij avtomobillari reytingini taqdim etdi. Bu haqda “Anons.uz” xabar bermoqda.
Rossiyadagi eng ommalashgan xorij mashinasi Toyota Corolla ekanligi ma’lum bo‘ldi, ularning 685,2 mingta ekanligi hisob-kitob qilingan. Ikkinchi o‘rinni Ford Focus egalladi (670,8 ming). Renault Logan 576,5 ming dona mashina bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
Daewoo Nexia mazkur reytingda 7-o‘rinni egalladi. Rossiyada 417,3 mingta atrofida ushbu modeldagi avtomobillar harakatlanmoqda.
Izoh (0)