Fransiyaning “PSJ” jamoasi hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola mijozining kelajagi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
“Hozirgi kunda Zlatanning asosiy vazifasi mavsumni yaxshi tugatib olishdan iborat. Yevropa Chempionlar Ligasidagi natija uning kelajagiga ta’sir qilmaydi. Agar Zlatan o‘zi uchun o‘ynashni istamasa, men uchun o‘ynasin. Agar u futboldan ketsa, bu xuddi ‘Mona Liza’ni o‘g‘irlashdek bo‘ladi. Zlatan faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lsa, uni qamoqxona kamerasiga qamab, qarorini o‘zgartirmagunicha ushlab o‘tiraman. Rostini aytganda, uning ketishi sport jamoatchiligiga qarshi jinoyat bo‘lardi”, – deydi Mino Rayola.
Qayd etish joiz, Zlatan Ibragimovichning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsumning yakuniga qadar mo‘ljallangan. 34 yoshli hujumchi yozda klub safini tark etishini bildirgan. Uning xizmatlariga Londonning “Arsenal” va “Chelsi” klublari hamda Xitoy Superligasi vakillari qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)