Toshkentdagi Inha universitetiga kirish uchun IELTS’dan qo‘shimcha imtihonga 15-aprelgacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti “Daryo”ga ma’lum qildi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti statistikasining ko‘rsatishicha, abituriyentlar universitetga hujjatlarini so‘nggi kunlarda, ya’ni qabul komissiyasi o‘z ishini yakunlashiga bir necha kunlar qolgandagina topshiradi. Ko‘pincha bu ishni litsey yoki kollejni bitirgandan so‘nggina amalga oshiradi. Natijada, ularning ko‘pchiligi IELTS yoki TOEFL iBT bo‘yicha imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmay qoladi.
O‘tgan yili IELTS imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishga kechikib qolgan shunday abituriyentlar uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan ingliz tilidan uchta imtihon tashkil etildi. 2016-yilda bunday imtihonlar o‘tkazilmaydi. Buning o‘rniga qo‘shimcha ravishda 2 ta IELTS imtihonlari o‘tkaziladi. Shuning uchun, bitiruv diplomini olishni kutib o‘tirmay, Toshkent shahridagi Inha universitetiga kelib, 2016-yilning 15-apreliga qadar birinchi imtihon uchun, 2016-yilning 16-mayiga qadar ikkinchi imtihon uchun IELTS imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish lozim. Buning uchun pasport va o‘qish joyidan ma’lumotnomaning o‘zi kifoya.
Faqatgina ingliz tilidan sertifikatlarni o‘z vaqtida topshirgan abituriyentlar quyidagi imtihonlarga qo‘yiladi:
- matematika va fizikadan Kompyuter va Dasturiy injiniring uchun: Academic IELTS 5.0 balldan yoki TOEFL iBT 50 balldan kam bo‘lmagan holda;
- matematikadan Logistika uchun: Academic IELTS 6.0 balldan yoki TOEFL iBT 75 balldan kam bo‘lmagan holda.
Izoh (0)