O‘zbekistonlik Sabina Sharipova Yaponiyaning Kashiva shahrida start olgan ITF turkumidagi, sovrin jamg‘armasi 25 ming dollarga teng tennis turnirini muvaffaqiyatli boshladi. Xalqaro tennis federatsiyasining ma’lum qilishicha, musobaqaning dastlabki davrasida 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi Xitoy vakili Lin Chjuga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur bellashuvda 6:4, 4:6, 0:6 hisobi qayd etilib, Sharipovaning foydasiga hal bo‘ldi va u ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Taqqoslash uchun, Sabina Sharipova WTA reytingida 212, Lin Chju esa 180-pog‘onani egallab kelmoqda.
Shuningdek, Xitoy Taypeyi vakili Pei-Chi Li bilan tandem hosil qilgan Sabina Sharipova juftliklar bahsida ham ishtirok etyapti. Ilk davrada Sharipova/Li dueti yaponiyalik Momoko Kobori va Chixiro Muramatsu juftligini 6:3, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi.
Izoh (0)