Madridning “Real” jamoasi rahbariyati klub hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishga tayyor, deb xabar beradi “Chempionat”.
Ispaniyalik mashhur jurnalist Gilyem Balagening Sky Sports nashri sahifasida ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres portugaliyalik hujumchini 60 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor. Hozirda Ronalduning agentlari optimal yechim topish maqsadida “Real” bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. 31 yoshli futbolchining o‘zi esa uni sotib olmoqchi bo‘lgan klub safida yiliga 20—25 million yevro maosh olishga da’vogarlik qilyapti.
Ronalduning xizmatlariga “Manchester Yunayted” va “PSJ” klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o‘zi mavsum davomida bir necha bor o‘zining kelajagi borasida noaniq bayonotlar qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduning qaysarligi “Real” prezidenti Florentino Peresning joniga tekkani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)