JAR siyosiy va akademiya doiralarining vakillari, shuningdek, mahalliy cherkov korrupsiyaviy mojarodan so‘ng mamlakat prezidenti Jeykob Zumaning iste’foga chiqishini talab qilgan jamoatchilik harakatini boshladi. Bu haqda AP agentligi ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
Ushbu harakat tarkibiga, jumladan, sobiq moliya vaziri Trevor Manuel va aparteid rejimining sobiq kurashchisi Ahmed Katxrada ham qo‘shildi.
Harakat rahbariyati 6-aprel, chorshanba kuni keyingi rejalarni muhokama qilish uchun to‘planishi rejalashtirilmoqda.
Mojaro Zuma shaxsiy uyini ta’mirlash uchun foydalangan 24 million dollardan bir qismini g‘aznaga qaytarmaganligi munosabati bilan yuzaga kelgan edi.
Izoh (0)