Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasida to‘rt turdan buyon mag‘lub bo‘lmay kelayotgan O‘zbekistonning yagona vakili “Lokomotiv”, nimchorak finalga yo‘l olish uchun yaxshi imkoniyatga ega. “Fulad Sepahon”ga qarshi o‘yindan keyin klub murabbiyi Andrey Miklyayev matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb yozadi “Championat.asia”.
“Juda ham qiynaldik. Chunki tarkibda yo‘qotishlar bor edi. Bir jamoa bo‘lib, g‘alabaga erisha oldik”, — deydi “Lokomotiv” ustozi. Qayd etish kerak, “Fulad Sepahon”ga qarshi o‘yinda Sardor Mirzayev, Nemanya Yanichich, Sadriddin Abdullayev kabi futbolchilar jarohat sabab ishtirok eta olmadi.
“Bugungi g‘alaba butun O‘zbekiston uchun muhim edi. Guruhdan chiqish imkoniyatimizni oshirib oldik. Keyingi o‘yinlarda ham imkon qadar g‘alaba qozonamiz”, — deya fikrini davom ettirdi Miklyayev.
Jurnalistlar Server Jeparovning o‘yini borasidagi savol bilan murojaat qilib, qarshi hujumlarda xatolar borligini qayd etdi. — “Sizga shunday tuyulgandir. Golli pasni kim berdi? Jeparov — mahoratli futbolchi. U yo‘q joydan gol yarata oladi”, — deb shogirdi haqida iliq fikrlar bildirdi “Lokomotiv” murabbiyi.
Izoh (0)