Filippinda bolalarni denge bezgagiga qarshi ommaviy emlash kampaniyasi boshlanib, u yil davomida mamlakatdagi yosh bolalarning million nafarini qamrab olishi lozim. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Straits Times gazetasida yozilishicha, birinchi emlashlar Manila shahrining chekka qismida joylashgan maktablardan biridagi 600 nafar bolaga qilingan.Sog‘liqni saqlash vazirligining rejalariga muvofiq, dastlab emlash poytaxtda, shuningdek, mamlakatning uchta yirik hududida amalga oshiriladi va shu maqsadda 76 million dollarga yaqin mablag‘ ajratilgan.
Hukumat kelgusi yilda to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarni ushbu profilaktik choraga jalb etishni ko‘zlamoqda. Emlash olti oylik tanaffus bilan uch bosqichda amalga oshiriladi.
Izoh (0)