Londonlik talaba Dalton Ross o‘zi uyda bo‘lmagan vaqtida onasi o‘zini yolg‘iz his qilmasligi uchun unga karton nusxasini yuborishga qaror qildi, deb yozadi TJournal.
Dalton uydan ketib, yotoqxonaga joylashishga majbur bo‘lgach, onasidan uzoqlashib ketganini sezdi. Gul yoki xabar jo‘natish Dalton uchun siyqasi chiqqan e’tibor belgisi bo‘lib tuyuldi va u o‘zining bor bo‘yiga teng nusxasini kartondan yasashga qaror qildi, so‘ng uni pochta orqali onasiga jo‘natdi.
Dastlab, karton nusxa yo‘lakda turdi, ammo bu uzoq davom etmadi. O‘g‘lining yumor hissini qadrlagan ona, karton shaklni o‘zi bilan turli tadbirlarga olib bordi. Xususan, nusxa tish shifokori huzurida, Daltonning ukasi qatnashgan basketbol musobaqasida va universitet oshxonasida bo‘lishga ulgurdi.
Onasi ushbu holatlar aks etgan suratlarni Facebook’ka joyladi va “Yalpoq Daltonning sarguzashtlari” deb nomlangan albom tuzdi.
Izoh (0)