“Qo‘shma Shtatlar va boshqa dushman kuchlarning KXDRni bo‘g‘ishga qaratilgan harakatlari mislsiz miqyosga yetdi”. Bu haqda Shimoliy Koreya davlat mudofaa qo‘mitasi bayonotida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “TASS”.
Qo‘mita bayonotida ta’kidlashicha, “hatto dunyo urushlari tarixida qo‘llangan eng shafqatsiz choralar timsoli bo‘lgan Leningrad qamali, shuningdek, sovuq urush davridagi Karib buhronini ham Koreya yarim orolidagi hozirgi vaziyatga tenglashishi mushkul”.
Qo‘mita vakili KXDR “Vashingtonning Pxenyanga haddan ziyod bosimi tufayli yarim orolda yuzaga kelgan kuchli buhron sharoitida istalgan payt Qo‘shma Shtatlarning kontinental qismiga javob zarbasi berishi mumkin”ligi haqida yana bir bor ogohlantirdi.
Izoh (0)