“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning navbatdagi mashg‘ulotidan avval Ispaniya chempionati 31-turida “Real”dan uchralgan mag‘lubiyat sabablarini muhokama qildi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Kataloniyaliklar o‘z maydonida 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Futbolchi va murabbiylar mag‘lubiyatning bir qancha sabablarini ko‘rdi. Xususan, kataloniyaliklar o‘yindan oldin “Real”dan 10 ochkolik ustunligi o‘yin natijasiga ta’sir o‘tkazganini inkor etmayapti. Bundan tashqari, “Barselona” futbolchilari Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida “Atletiko”ga qarshi o‘yin yaqin bo‘lganini esda tutgan. Shuningdek, “Barselona” futbolchilari ushbu o‘yinda pozitsion xatolarga yo‘l qo‘yib, “Real”ning xavfli qarshi hujumlar yaratishiga zamin yaratganini tan oldi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi YeChL chorak finalining dastlabki o‘yini 5-aprel, seshanba kuni 23:45 da boshlanadi. Javob o‘yini 13-aprel, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.