Fransiya chempionati 32-turida “PSJ” jamoasi o‘z maydonida “Nitssa” futbolchilarini qabul qildi. Unda 4:1 hisobi qayd etilib, parijliklar foydasiga hal bo‘ldi, deb xabar beradi “iSport.ua”.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Zlatan Ibragimovich hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada “Nitssa” a’zosi Ben-Arfa oradagi muvozanatni tikladi. 34-daqiqada yana Zlatan Ibragimovich gol kiritdi va jamoasini oldinga olib chiqdi — 2:1.
O‘yinning 48-daqiqasida David Luis “PSJ”ning uchinchi goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, 82-daqiqada Ibragimovich jamoasining to‘rtinchi golini kiritib, o‘z hisobiga xet-trik yozib qo‘ydi. Uchrashuv “PSJ”ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
Chempionat yakunlanishiga 8 tur qolganida Fransiya chempionligini rasmiylashtirgan Loran Blan shogirdlari g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 80 taga yetkazib oldi. 50 ochko bilan qolib ketgan “Nitssa” turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasida egallab turibdi.
Fransiya chempionati, 32-tur
2-aprel, shanba. “Park de Prens”
“PSJ” – “Nitssa” 4:1 (2:1)
Gollar: Ibragimovich (15, 34, 82), David Luis (48) – Ben-Arfa (18)“PSJ”: Trapp, Tiago Silva, Maksvell, Markinyos, David Luis, Rabyo, Motta (Stambuli, 69), Lukas (Nunku, 80), Matyuidi, Onjenda (Kavani, 69), Ibragimovich.
“Nitssa”: Kardinal, Le Marshan, Bess, Rikardu Pereyra, Kozyello (Mallmann, 64), Xult, Ben-Arfa, Mendi, Seri (Raxerixarimanana, 90), Plea (Onora, 64), Jermen.
Ogohlantirish: Tiago Silva (68)
Izoh (0)