Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishini fuqarolarning 43 foizi qo‘llab-quvvatlaydi, YeIda qolish tarafdorlari esa 39 foizni tashkil qiladi. Bu haqda Opinium kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan onlayn so‘rovnoma natijalariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Saylovchilarning 18 foizi hozircha bu borada bir qarorga kelmagani ma’lum bo‘ldi, 1 foiz respondentlar savolga javob berishdan bosh tortdi. Shu bilan birga, bir qarorga kelmaganlarning ko‘pchilik qismi qo‘shimcha savollarga javob berganida YeIda qolish variantiga yaqinroq fikrda ekanliklarini tan oldi.
Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi yoki uning tarkibida qolishini aniqlab beradigan referendum shu yilning 16-iyunida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)