Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 1-aprel sanasiga belgilangan 3-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.
Mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor” Buxoroga safar qilib, 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bunga qadar Toshkent klubi dastlabki ikki turda 6 ochko ishlashga muvaffaq bo‘lgandi.
Shu tariqa “Buxoro”ning quruq seriyasi 270 daqiqaga yetdi, deb yozadi “Championat.asia”. Klub dastlabki ikki turda ham darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan edi.
Liga debyutanti hisoblangan Toshkentning “Obod” klubi esa, aksincha, 270 daqiqadan buyon gol ura olmayapti. 3-turni Qarshida “Nasaf”ga qarshi o‘tkazgan jamoa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Nasaf” 3-turdan keyin ochkolari sonini 9 taga yetkazib, “Lokomotiv”ga yetib oldi. Qayd etish kerak, Qarshi klubi 4 yildan buyon mavsumni 3 ta ketma-ket g‘alaba bilan boshlay olmagan edi.
1-aprel holatiga ko‘ra “Lokomotiv” va “Nasaf” 9 tadan, “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” 7 tadan ochkoga ega. Bu kvartet ko‘rsatib o‘tilgan tartibda turnir jadvalining dastlabki to‘rt pag‘onasidan joy olgan.
Oliy liga 3-tur bellashuvlari 1-aprel, juma
“Buxoro” (Buxoro) — “Paxtakor” (Toshkent) 0:0
“Nasaf” (Qarshi) — “Obod” (Toshkent) 1:0
Gol: Ilhom Shomurodov, 43 (1:0).“Lokomotiv” (Toshkent) — “Neftchi” (Farg‘ona) 4:0
Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov, 9 (1:0). Marat Bikmayev, 30 (2:0). Marat Bikmayev, 49 (3:0). Kaxi Maxaradze, 75 (4:0).3-turning yana 4 ta o‘yini 2-aprel, shanba kuni o‘tkaziladi.
2-aprel, shanba“Qo‘qon—1912” (Qo‘qon) — “Andijon” (Andijon)“Qizilqum” (Navoiy) — “Olmaliq” (Olmaliq)“Metallurg” (Bekobod) — “Sho‘rtan” (G‘uzor)“Navbahor” (Namangan) — “So‘g‘diyona” (Jizzax)
Izoh (0)