Qozog‘istonning Olmaota shahrida turistlar diqqatini tortadigan bir qator boshqa obyektlar qatorida Markaziy Osiyodagi eng yirik istirohat bog‘i barpo etiladi. Bu haqda, shahar hokimi matbuot xizmatiga asoslanib, Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Aytilishicha, shu va boshqa tadbirlar shaharning investorlar uchun jozibadorligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Jumladan, ITECA MChB kecha, 31-mart kuni Olmaota hokimligi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Unga ko‘ra, ko‘rgazmalar o‘tkazishga ixtisoslashgan kompaniya Olmaotada yirik xalqaro brendlar ishtirokida 23 ta ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma va konferensiyalar tashkil etadi. Tadbirlar shaharning xalqaro shuhratini oshirishi va yangi investitsiyalar jalb qilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Tamos Education kompaniyasi bilan shaharning Bo‘stondiq tumanida maorif majmuasini qurish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Imzolangan memorandumlarning umumiy qiymati 48 milliard tengedan oshadi.
Izoh (0)