Shu kunlarda O‘zbekistonga Koreya Respublikasi Mehnat va bandlikka ko‘maklashish vaziri Li Gi Kvon boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Daryo”ga xabar beradi.
Tashrif doirasida Koreya tomoni O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida tomonlar mehnat migratsiyasi, kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik va idoralar vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarning muhim jihatlarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Koreya Respublikasi Mehnat va bandlik vazirligi o‘rtasida bandlikka ruxsat berish tizimi bo‘yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.
Izoh (0)