Ispaniya terma jamoasi darvozaboni, ayni vaqtda “Portu” sharafini himoya qilayotgan Iker Kasilyas va ispaniyalik teleboshlovchi Sara Karbonero rasman nikohdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “iSport.ua”.
Nikoh marosimi joriy yilning 20-mart kuni, Madrid yaqinidagi Boadilya-del-Monte shaharchasida pinhona tarzda o‘tkazildi. Marosimda faqatgina ikkita guvoh va juftlikning 2 yoshli o‘g‘li ishtirok etdi.
Qayd etish kerakki, “Real” sobiq posboni va teleboshlovchining ishqiy munosabatlari 2009-yilda boshlangan edi. Kasilyas va Karbonero juftligi ikkinchi farzandni kutmoqda. Bo‘lajak farzand may oyida dunyoga kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)