BMT bosh kotibi lavozimiga nomzodlar ilk bor dunyodagi yetakchi diplomatik lavozimni egallash huquqi uchun ochiq kurasha boshlaydi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Tashkilotning amaldagi bosh kotibi Pak Gi Mun 2016-yilning oxirida iste’foga chiqadi.
Nomzodlar may oyida BMT Bosh assambleyasida chiqish qilishi va butunjahon tashkiloti oldida turgan maqsad va vazifalari yuzasidan o‘z qarashlarini taklif etishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, nomzodlar Nyu-York va Londonda bo‘lib o‘tadigan ommaviy debatlarda ishtirok etadi.
Hozirgacha BMT bosh kotibi lavozimiga saylanish niyati haqida yetti kishi ma’lum qilgan. Yaqin oylarda nomzodlar ro‘yxatida boshqa ismlar ham paydo bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)