Misrning Egypt Air aviakompaniyasiga tegishli A-320 samolyotini garovga olgan Ibrohim Samaha ruhiy xastalikdan aziyat chekadi. Bu haqda, “Al-Arabiya” telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Jinoyatchining qarindoshlari telekanalga bergan axborotga ko‘ra, Ibrohim Abdul Tavob Samaha Iskandariya universitetida veterinariya professori bo‘lib, ayni paytda shartnoma asosida Atlanta universitetida ishlagan. U Iskandariya viloyatida istiqomat qilib kelgan, shu bilan birga, AQSh fuqaroligiga ega bo‘lgan.
Izoh (0)