“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suaresning aytishicha, kataloniyaliklar rasmiy uchrashuvlar, shu jumladan, prinsipial raqib hisoblangan “Real”ga qarshi o‘yin oldidan ham yig‘in o‘tkazmaydi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“Odamlar ‘Barselona’ning uchrashuvlar oldidan, ayniqsa, ‘Real’ga qarshi o‘yindan oldin yig‘in o‘tkazmasligiga hayron qoladi. Ispaniya chempionati doirasidagi safar o‘yinlari o‘tkazganimizda, shu kuni ertalab yo‘lga chiqamiz. O‘z maydonimizda bahs olib borganimizda esa, o‘yin boshlanishiga bir yarim soat qolganida stadionga kelamiz. Bu bizga juda ko‘p diqqat-e’tiborni o‘yinga sarflamaslik uchun yordam beradi”, — dedi urugvaylik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati 31-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuv 2-aprel, shanba kuni, Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)