BMTning kontinental shelf chegaralari bo‘yicha komissiyasi Argentina dengiz hududini 1,7 million kvadrat kilometrga kengaytirish haqida qaror chiqardi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Komissiya qaroriga muvofiq, Folklend orollari, Buyuk Britaniyaning dengiz orti hududi Argentinaning dengiz chegaralari ichida joylashdi.
Argentina hukumati BMT komissiyasi qarorini tarixiy qaror deb atadi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi mazkur qaror Buyuk Britaniya bilan hudud bo‘yicha munozaraga yechim bo‘lishi lozimligini bayon qildi.
Izoh (0)