“Barselona” jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Luis Enrikening klubda olib borayotgan ishidan qoniqish hosil qilmoqda. Kataloniyaliklar vitse-prezidenti Xordi Mestrening ta’kidlashicha, klub ispaniyalik mutaxassis bilan amaldagi shartnomani uzaytirish niyatida, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Albatta, Luis Enrikega shartnomani uzaytirishni taklif qilamiz. Bu borada klub boshqaruv organi ko‘proq ma’lumot bera oladi. Enrike intensiv tarzda, ammo avvalgi bosimsiz ishlashda davom etmoqda”, – deydi Mestre.
Ispaniyalik 45 yoshli mutaxassis “Barselona”ni 2014/15-yilgi mavsum boshida o‘z boshqaruviga olgan. Ushbu vaqt mobaynida u kataloniyaliklar bilan Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi, YeChL va UEFA Superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot o‘rnida, Luis Enrikening amaldagi shartnomasi 2017-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Izoh (0)