Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Madeyra viloyati Funshal shahrida joylashgan haykali Prasa du Mar muzeyiga ko‘chirildi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
Bunga asosiy sabab sifatida vandallar (madaniy boyliklarni oyoq osti qiluvchilar) xuruji ko‘rsatilgan. “Barselona” forvardi Lionel Messi o‘z faoliyatidagi beshinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan bir kun o‘tib, portugaliyalik futbolchining haykali orqasida “Messi 10” yozuvi paydo bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Ronalduning haykali uning ona shahri – Funshalga bir yarim yil avval o‘rnatilgan edi.
Izoh (0)