Nyu-Yorkda 23-mart, chorshanba kuni JetBlue aviakompaniyasining styuardessasi hibsga olindi. U Kaliforniyadagi tekshiruv chog‘ida 30 kilogramm kokain bo‘lgan qo‘l bagajini tashlab, qochib ketgan edi, deb xabar beradi “TASS”.
AQSh Bosh prokuraturasi Nyu-York bo‘linmasining ma’lum qilishicha, styuardessa o‘z ixtiyori bilan politsiyaga taslim bo‘lgan. O‘tgan juma, 18-mart kuni Los-Anjeles aeroportida styuardessa Marsha Gey Reynolds transport xavfsizligi federal boshqarmasi xodimlarida shubha uyg‘otgan. Ular ayoldan tekshiruvdan o‘tishni so‘ragan.
Tekshirish hududiga o‘tgan Reynolds vahimaga tushib, eskalatordan pastga tushib, qochib ketgan. U qoldirib ketgan qo‘l yukidan kokain topilgan.
Styuardessaga nisbatan tarqatish maqsadida giyohvandlik vositalarini tashish yuzasidan ayblov e’lon qilingan.
Izoh (0)