Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ko‘chmas mulkka ixtisoslashgan “Uybor.uz” sayti yanada qulaylashdi — izlash avvalgidan ham osonlashdi, e’lonni qo‘shish mukammallashdi, saytning dizayni esa yanada zamonaviy ko‘rinish oldi.

Foto: “Uybor.uz”

Foto: “Uybor.uz”

Ko‘pchilik “Uybor.uz” saytidagi foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan ustunliklardan xabardor — saytdan foydalanish bepul, u tez ishlaydi va yangilanadi, unda e’lonlar to‘liq, batafsil va ko‘pincha suratlari bilan taqdim etiladi. Bu qulayliklar nafaqat e’lonlarni ko‘rish, balki joylashtirishga ham taalluqli.

Bundan tashqari, “Uybor.uz”dagi “Kvartiralarni baholash” vositasi yordamida sotmoqchi yoki sotib olmoqchi bo‘layotgan xonadoningizni o‘rtacha haqiqiy bozor narxini bilib olishingiz, uy yoki ofis oldi-sotdisi va ijarasi bilan bog‘liq yugur-yugurlarga toqatingiz bo‘lmasa, rieltorlar bazasidagi foydalanuvchilar tomonidan tuzilgan haqqoniy reytingga asoslanib, yordamchi agentni yollashingiz mumkin.

Yangilangan “Uybor.uz”

Yangilangan “Uybor.uz”

Uybor.uz” xodimlari uy-joy va ofis sotib olish va sotish, ijaraga olish va berish bo‘yicha o‘z foydalanuvchilariga taqdim etilayotgan xizmatlarni mukammallashtirish yo‘lida tinimsiz ish olib bormoqda. Xususan, saytdagi izlash yanada qulay ko‘rinish oldi — avvalgidan farqli ravishda, endi sotib olish yoki ijaraga olish uchun inshoot qidirayotganingizda o‘zingiz uchun ma’qul tuman, mavze, metro bekatlarini, shuningdek, xonalar soni va kvartira joylashgan qavat kabi parametrlarni bir vaqtning o‘zida bir necha xil variantda tanlashingiz mumkin.

“Uybor.uz”ning yangilangan va qulaylashgan qidiruv paneli

“Uybor.uz”ning yangilangan va qulaylashgan qidiruv paneli

Endi “Uybor.uz”ning bosh sahifasidayoq Sizni kengaytirilgan qidiruv kutib oladi va, eng muhimi, u o‘zining soddaligi bilan e’tiborga molik. Qidiruv formasida Sizga kerakli xonadon maydoni (yoki xonalar soni), tuman yoki metro bekatiga qarab joylashgan joyi, bino qurilishida ishlatilgan asosiy material (g‘ishtli, panelli va h.k.), joylashgan qavati, narxi, ahvoli (Yevropa uslubida ta’mirlangan yoki ta’mirtalab va h.k.) kabi ko‘rsatkichlarni osonlik bilan tanlashingiz mumkin.

“Uybor.uz”da bir vaqtning o‘zida bir necha mavze va daha bo‘yicha qidiruv olib borish mumkin

“Uybor.uz”da bir vaqtning o‘zida bir necha mavze va daha bo‘yicha qidiruv olib borish mumkin

Uybor.uz”ga e’lon joylashltirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun esa yanada mukammalroq yechimlar tayyorlandi. Masalan, endi sotuvchi maqomidagi “Uybor.uz” foydalanuvchisi ijara muddatini kunlar yoki uzoqroq muddat bo‘yicha belgilashi, sotilayotgan kvartira narxini esa kvadrat metri uchun ko‘rsatishi, xaridor e’tiboriga havola qilinayotgan obyektni xaritaga yaqqol ko‘rinadigan qilib joylashtirishi mumkin. Shuningdek, e’lon qo‘shish sahifasida foydalanuvchi uchun vaqt va bozor sinovidan o‘tgan qimmatli maslahatlar ham beriladi.

Albatta, “Uybor.uz”ning imkoniyatlari birgina sayt bilan cheklanib qolmaydi. Saytga e’lonlarni Android va iOS operatsion tizimlari uchun mo‘ljallangan maxsus mobil dastur orqali joylashtirish mumkin, xaridorni qiziqtirgan yo‘nalish (masalan, Yunusobodda ijaraga berilayotgan bir xonali kvartiralar narxi) bo‘yicha eng yangi e’lonlardan, bu e’lonlar saytga joylashtirilishi bilan, Telegram vositasida @uybor_bot orqali boxabar bo‘lish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi