Toshkent shahar hokimi 2016-yilning 22-mart kuni “Toshkent shahrida 2015–2016-yilgi isitish mavsumini yakunlash to‘g‘risida”gi 249-sonli qarorga imzo chekdi. Unga ko‘ra, 23-mart kunidan boshlab poytaxtdagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash to‘xtatiladi, ya’ni isitish mavsumi yakunlanadi, deb xabar berdi shahar hokimligi axborot xizmati.
Shu bilan birga, qarorda “Toshissiqquvvati” IChB UK, “Toshkent issiqlik elektrmarkazi”, “Toshkent issiqlik markazi” AJ, tuman hokimliklari hamda Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga 2016–2017-yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini olib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Izoh (0)