Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

23-mart, chorshanba kuni Bryusselda qo‘lga olingan erkak aeroportdagi portlashlarga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Najim Laashraviy bo‘lib chiqmadi, deb yozadi “RBK” Belgiyadagi gazetalardan biriga tayanib. Erkakning hibsga olingani haqidagi xabarni ham aynan shu gazeta tarqatgan edi.

Chapda aka-uka Bakraviylar, o‘ngda Najim Laashraviy. Foto: AP

Chapda aka-uka Bakraviylar, o‘ngda Najim Laashraviy. Foto: AP

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olish jarayoni bugun ertalab Anderlext aholi punkti yaqinida sodir bo‘lgan. Ammo buni prokuraturadagilar tasdiqlamadi.

Laashraviyni aeroportdagi kuzatuv kameralari qaydlari orqali tanib olishdi, u yerda u teraktning boshqa ijrochilari deya taxmin etilayotgan aka-uka Bakraviylar bilan birga muhrlangan edi. U voqea joyini portlashlardan so‘ng darhol tark etgani taxmin qilingan edi.

Avvalroq Belgiyaning Derniere Heure gazetasi Bryussel aeroportidagi portlashlarni amalga oshirgan deb taxmin qilinayotgan shaxslarning fotosuratini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bryussel aeroportidagi bombani aka-uka Bakraviylar portlatgani xabar qilingandi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, aeroportdagi portlashga jami uch kishi aloqador bo‘lgan, ulardan ikki nafari halok bo‘lgan, uchinchisi aerovokzal binosidan qochib qolgan.

22-mart, seshanba kuni Belgiya poytaxtining aeroporti va metrosida qator portlashlar sodir etildi. Natijada, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 36 kishi halok bo‘ldi, 230 kishi jarohat oldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi