22-mart, seshanba kuni Turkiya janubi-sharqidagi Mardin viloyatining Nusaybin shahrida Kurdiston ishchi partiyasi harbiylarning zirhli mashinasini portlatib yubordi. Natijada bir nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yetti nafari yaralandi. Bu haqda DHA agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Hodisa Dijle kvartalida yuz bergan. Agentlikning ma’lum qilishicha, mashina kurd isyonchilari tomonidan yo‘lga joylashtirilgan mina tufayli portlab ketgan. Yaralanganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.
Xavfsizlik kuchlari favqulodda hodisa yuz bergan hududda yo‘lga portlovchi qurilmani joylashtirgan shaxslarni qidirish va zararsizlantirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqda.
Izoh (0)