Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistonda 23-mart kuni havo o‘zgarib turadi, mamlakatning qator hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.

Foto: “Newpix.ru”

Foto: “Newpix.ru”

23-martga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo harorati +7, Farg‘ona vodiysida +10 darajagacha iliq bo‘ladi.

Chorshanbaga o‘tar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida +12 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda +15 darajacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

23-mart kuni kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida havo harorati +22 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryoda +23 darajagacha iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo harorati +16 darajagacha, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +18 darajagacha, Buxoro va Navoiyda esa +20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

23-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘adi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va O‘zbekistonning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi bilan birga momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi