• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident Islom Karimov O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan qutladi

    21-mart, dushanba kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakat xalqi va barcha mehmonlarni ayyom bilan qutladi. Tabrik matni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan.

    Foto: “O‘zA”

    Foto: “O‘zA”
    Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

    Muhtaram mehmonlar!

    Tabiat uyg‘onib, gul-chechaklar ochilib, atrof yashil libosga burkanib borayotgan shu kunlarda yasharish va yangilanish fasli bo‘lmish Navro‘zi olam yurtimizga kirib kelishi bilan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklash, barchangizga o‘zimning chuqur hurmat va samimiy tilaklarimni izhor etish – men uchun katta baxtdir.

    Navro‘zi olam barchamiz uchun necha ming yillik tarixga ega, ildizlari “Avesto” davrida paydo bo‘lgan, qadimiy, asl milliy, har qanday siyosatdan yiroq, kecha va kunduz teng keladigan sharqona yangi yil bo‘lib, el-yurtimiz tabiatiga, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgan eng sevimli, eng go‘zal bahor bayramidir.

    Ayni shu betakror va dilbar faslda ko‘klam nafasi va mayin shabadalar kirib kelishi, kurtaklarning ochilishi bilan inson vujudiga bahor nashidasi yugurgandek bo‘ladi. Barchamiz o‘zimizni yasharib ketgandek, kuch-quvvat, g‘ayrat va shijoatga to‘lgandek sezamiz, o‘zimizni tabiatning uzviy va ajralmas qismi deb his qilamiz.

    Ayni shu fayzli, shodiyona damlarda yurtimizning barcha go‘shalarida, qir-adirlar, bog‘u rog‘larda yurtdoshlarimiz sumalak va halim, ko‘ksomsa va go‘ja kabi tansiq taomlar tortilgan dasturxonlar atrofida to‘planib, bu bahor ne’matlarini o‘z oilasi, yaqinlari, do‘stu birodarlari bilan baham ko‘rishga intiladi.

    Hech shubhasiz, bunday xursandchilik va sayil-tomoshalarni ko‘pchilik xonadon va mahallalarda, markazda, uzoq va chekka qishloqlarda ko‘rish, kuzatish qiyin emas.

    Aholimiz, qaysi millat va elat vakili bo‘lishidan qat’i nazar, bayramona kayfiyatga berilib, bu ajoyib ayyomni katta shodu xurramlik bilan o‘tkazadi, bunday damlarda nafaqat tanish, balki notanish odamlarni ham qutlab, bag‘riga bosib, sog‘lik, baxtu saodat va omad tilashi hech kimni befarq qoldirmaydi, desam, haqiqatni aytgan bo‘laman.

    Men ham ayni shu daqiqalardan foydalanib, mana shu muazzam va go‘zal maydonda to‘plangan siz, azizlarga, butun xalqimizga qarata Alisher Navoiy bobomizning tabarruk so‘zlari bilan aytmoqchiman: “Barchangizga Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” degan samimiy tilaklarimni, mehr-izzatimni qabul qilishingizni so‘rayman.

    Qadrli do‘stlar!

    Navro‘zning o‘lmas ruhi va qadriyatlari avlodlardan-avlodlarga bezavol o‘tib kelmoqda, oradan qancha yillar, zamonlar o‘tmasin, bu g‘oya va odatlar bugungi kunlarda ham xalqimizning ongu tafakkurida chuqur iz qoldirib, kuchayib bormoqda.

    Shu o‘rinda ba’zi bir misollarni olib kelmoqchiman.

    Necha ming yillik tariximizdan ma’lum: Navro‘z faslida turli nizo va adovatlar, gina va arazlar unutilib, odamlar, millat va elatlar o‘rtasida mehr-oqibat, shafqat va muruvvat, hamjihatlik kabi insoniy tuyg‘ular yanada kuchayadi.

    Shu borada bir faraz qilaylik: agarki, bugungi kunda xalqaro maydonda tobora avjiga chiqayotgan keskinlashuv, mojaro va qarama-qarshiliklarni, hali-beri davom etayotgan qon to‘kishlarning oldini olish, paydo bo‘layotgan muammolarni faqatgina tinchlik va siyosiy muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga qaytsak, xalqimiz iborasi bilan aytganda, olam guliston bo‘lardi.

    Ishonchim komil, agarki shu kunlarda ko‘pni ko‘rgan, qancha-qancha sinovlarni boshidan kechirgan, yaxshilik va ezgulikni doimo yuragining to‘rida saqlab keladigan, mehr-oqibatli xalqimizdan, sharqona yangi yil kirib kelishi arafasida turib, yangi yilda sizning eng ezgu niyatlaringiz nimalardan iborat, deb so‘rasa, xalqimiz, hech ikkilanmasdan, bizga tinchlik va omonlik kerak, deb javob berishi muqarrar.

    Bunday yakdillikning sababi va ildizlarini avvalo bizning qadimiy tariximiz, ko‘p qirrali buyuk madaniyatimizda, umumbashariy taraqqiyotga o‘chmas hissa qo‘shgan ulug‘ olim va mutafakkirlarimiz qoldirgan bebaho merosda, ona yurtimiz ko‘p zamonlar davomida bilim, ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lib kelganida ko‘rish darkor.

    Buning ustiga, azal-azaldan xalqimizga mansub bo‘lgan olijanoblik, bag‘rikenglik, odamiylik va mehribonlik, muhtoj bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash, keksalarning duosini olish, yetim-esirlarning boshini silash kabi savob ishlarni bajo keltirishda bunday xususiyat va alomatlar aholimizning qon-qoniga, suyak-suyagiga singib ketgani hech kimga sir emas.

    Bularning barchasi asrlar mobaynida avloddan-avlodga o‘tib, boyitilib, oxir-oqibatda ezgu insoniy tushunchalarga aylanib, xalqimizning ma’naviy va amaliy dunyoqarashi uchun mustahkam poydevor bo‘lgan.

    Tabiiyki, bunday olijanob, noyob xususiyat va fazilatlarga ega bo‘lgan, pok orzu-intilishlar bilan yashayotgan, o‘zi uchun tinchlik va omonlikni, musaffo osmonni istaydigan xalqimiz, hech shubhasiz, yaqin va uzoq qo‘shnilari bilan o‘z munosabatlarini o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlik, bir-birining manfaatlarini hisobga olish asosida quradi. Va yurtimizni, aholimizni har qanday balo-qazolardan omon saqlashni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi.

    Mana shunday quvonchli damlarda bugun bizga katta hurmat va ehtirom bildirib, shu go‘zal maydonda Navro‘z shodiyonalarimizda ishtirok etayotgan chet mamlakatlarning elchilari va xalqaro tashkilotlar vakillarini, xorijiy sherik va hamkorlarimizni, barcha muhtaram mehmonlarimizni sizlarning nomingizdan, butun xalqimiz nomidan Navro‘z bayrami bilan qutlashga, ularga qizg‘in hurmat va salomimizni yo‘llashga ruxsat bergaysiz.

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Bugun mana shu fayzli maydonda jamuljam bo‘lgan siz, azizlarni qutlab, sizlarning timsolingizda avvalo O‘zbekistonimizni yanada obod va farovon qilish yo‘lida o‘zining mardona mehnati va matonati bilan ulkan hissa qo‘shayotgan, erishayotgan yutuq va marralari bilan barchani qoyil qoldirayotgan, yovuz kuchlarga bosh egmaydigan, o‘z qadr-qimmatini, mustaqilligini yuksak baholaydigan, bag‘rikeng xalqimizni ko‘raman. Va shu yuksak minbardan turib, shunday olijanob fazilatlar sohibi bo‘lgan xalqimiz oldida ta’zim qilaman.

    Bizning tayanchimiz va suyanchimiz bo‘lmish O‘zbekiston yoshlariga qarata aytmoqchiman: boshimizdan kechirayotgan, shiddat bilan o‘zgarib, tobora murakkablashib borayotgan davr barchamizning, birinchi navbatda, siz, aziz farzandlarimizning oldiga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, intellektual boyliklarni chuqur egallash, shu bilan birga, mamlakatimizning xalqaro maydonda raqobatdoshligini yangi bosqichga ko‘tarish, iqtisodiyotimizni yangilash, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, bularni taraqqiyotimizning lokomotiviga aylantirish kabi vazifalarni qo‘ymoqda.

    Ayni shu ulkan dolzarb maqsadlarga erishish yo‘lida siz, azizlarning xalqimiz, Vatanimizning ishonchini oqlashga qodir ekaningizga ishonaman va barchangizni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyorman.

    Aziz va qadrli vatandoshlarim!

    Mana shu nurafshon va go‘zal ayyomda barchangizni kirib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan yana bir bor chin yurakdan tabriklayman.

    Navro‘z har bir oila, har bir xonadonga, butun yurtimizga tinchlik-omonlik, mehru oqibat, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!

    Barcha-barcha orzu-niyatlarimiz ushalsin!

    Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

    21.03.2016, 17:46   Izoh (0)   7032
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Yangiobodgacha bo‘lgan tramvay yo‘nalishi demontaji boshlandi

    21.03.2016, 13:49

    Islom Karimov Rostov-Dondagi aviahalokat munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

    20.03.2016, 16:41

    Marokashda futbol ishqibozlarining ommaviy mushtlashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

    20.03.2016, 13:11

    O‘zbekistonda 20-mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi

    19.03.2016, 23:30

    “Korzinka.uz” 1-aprel kuni chiqariladigan “gapiruvchi paketlar” uchun tanlov e’lon qildi

    19.03.2016, 20:32

    O‘zbekistonning ba’zi hududlarida 18-mart kuni qor yog‘di

    19.03.2016, 20:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Norvegiya Isroilga kiritgan investitsiyalarini qaytarib oladi

    Dunyo | 12 avgust, 14:10

    UFC jangchisi Maykl Peyj Drikus va Chimayev o‘rtasidagi bahsning favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 12 avgust, 13:57

    O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlar tarqatilishi oldi olinadi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 13:45

    Eronda ayol 11 nafar erini o‘ldirganlikda ayblandi

    Dunyo | 12 avgust, 13:19

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45

    “Barselona” prezidenti 2025-yilgi “Oltin to‘p” g‘olibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

    Sport | 12 avgust, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.