Dunyoga mashhur The Voice musiqiy shousining huquqiy distribyutori hisoblangan Gollandiyaning Talpa kompaniyasi Xitoyning ikki kompaniyasini mualliflik huquqini buzganligi uchun sudga berdi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
17-mart, payshanba kuni Pekin sudi Shanxayning Mengxizngqiangyin Cultural and Broadcast Company va Pekinning Zhengyitianxia Cultural and Media Company kompaniyalariga qarshi mualliflik huquqini buzish bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni boshladi.
Talpa The Voice brendi va logotipidan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun kompaniyalardan uch million yuan (462 ming dollar) talab qilmoqda.
Talpa Xitoy kompaniyalarini 2015-yilning oktabridan buyon The Voice logotipidan noqonuniy foydalanishda ayblamoqda.
Izoh (0)