American Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti bortiga yashin tekkandan so‘ng Nyu-York aeroportiga shoshilinch ravishda qo‘ndi. Bu haqda NBC telekompaniyasining 5-kanali ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Bortida 55 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan 4233-reys 17-mart, payshanba kuni kechasi Nyu-Yorkning Kuins tumani shimoliy qismida joylashgan La-Guardiya aeroportiga yo‘l olgan edi. Havo kemasiga yashin tekkandan keyin ekipaj komandiri Jon Kennedi nomidagi aeroportga avariya holatidagi qo‘nishni amalga oshirishga qaror qilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)