“O‘zgidromet”ning 16-mart kuni O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilishi haqidagi prognozi to‘liq isbotini topdi. Shu kuni Toshkent ham shiddatli yomg‘ir ostida qoldi. Bu holat poytaxt yo‘llarida ham o‘z aksini topdi, deya ma’lum qiladi Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhi.
Uzoq muddat tinmagan yomg‘ir tufayli ayrim joylarda tizza bo‘yi suv bosgan yo‘llarga foydalanuvchilar yumor bilan munosabatda bo‘lgan. Ulardan biri “Nur qaytarish nimchasi o‘rniga qutqarish nimchasi olib yurish kerak” deya kinoya qilgan bo‘lsa, yana biri “Cho‘milish mavsumini ochiq deb hisoblasa bo‘ladi!” deya izoh qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 17-mart kuni ham qariyb butun O‘zbekistonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi.
Izoh (0)