Italiyaning “Yuventus” jamoasi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri klub bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi, deb xabar beradi “iSport.ua”.
Sky News nashrining yozishicha, yangi kelishuv 2019-yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi. Unga ko‘ra, 48 yoshli mutaxassisning maoshi 3,5 milliondan 4,5 million yevroga oshiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, Massimiliano Allegri murabbiyligi ostida Turin klubi o‘tgan mavsumda Italiya chempioni, Italiya Kubogi va Superkubogi sohibi bo‘lgan edi. Shuningdek, “Yuventus” o‘tgan mavsumda YeChL finaliga qadar yetib borib, hal qiluvchi bahsda “Barselona”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Izoh (0)