Ispaniyaning “Barselona” klubi sobiq futbolchisi Erik Abidal hayoti bilan bog‘liq unutilmas lahzalar haqida hikoya qilar ekan, ular orasida qatarlik milliarder, Qatar Sports Investments fondi asoschisi Nosir G‘anim Al-Helayfiy bilan bog‘liq qiziqarli voqeani ham eslab o‘tdi. Bu haqda “Chempionat.com” xabar berdi.
Abidalga jigar saratoni tashxisi qo‘yilganidan keyin, u ikki marta operatsiya stoliga yotishga majbur bo‘lgan. Shu davrda futbolchidan xabar olish maqsadida bir qator mashhur insonlar shifoxonaga tashrif buyurgan. Ular orasida “PSJ” klubi prezidenti Nosir Al-Helayfiy ham bor.
“Men u bilan tanish emasdim. Shunga qaramay, u Barselonaga tashrif buyurib, sog‘ayib ketishimni so‘rab, xonamda iltijo qilgandi. U menga ko‘p yaxshi gaplar gapirganini haligacha eslayman”, — deydi Abidal.
Nosir G‘anim Al-Helayfiy 2011-yilda Qatar Sports Investments fondiga asos solgan. Wikipedia ma’lumotiga ko‘ra, fondning asosiy maqsadi sportga mahalliy va xalqaro miqyosda investitsiya kiritishdan iborat. U, shuningdek, beIN Media Group va Qatar Investment Authority kompaniyalarining bosh direktori, Qatar tennis federatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi.
Izoh (0)