Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ketma-ket ikkinchi mavsum ishtirok etayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi xalqaro maydondagi safar uchrashuvlarida ilk bor g‘alaba qozondi. Eronda “Fulad Sepahon” mehmoni bo‘lgan “temiryo‘lchilar” 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Sanjar Shoahmedovning to‘p uzatishidan so‘ng Marat Bikmayev hisobni ochdi. O‘yin asosiy vaqti yakunlanishiga to‘rt daqiqa qolganida Sardor Mirzayev o‘z nomini talboga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasiga qarshi safar o‘yinini inobatga olmaganda, Sardor Mirzayev mavsum boshidan buyon o‘tkazilgan qolgan to‘rtta bellashuvda gol urdi.
“Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi birinchi davrasini mag‘lubiyatsiz yakunlagan O‘zbekistonning yagona vakiliga aylanib oldi. Avvalgi turlarda jamoa Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan ikki marta 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
3-tur doirasidagi guruhning ikkinchi o‘yinida “Al-Ittihod” BAAning “An-Nasr” klubini qabul qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 22:35 da start oladi. 3-turdan keyin “Lokomotiv” ochkolari sonini 5 taga yetkazib, “A” guruhi peshqadamiga aylandi.
Osiyo Chempionlar Ligasi“A” guruhi, 3-tur uchrashuvi15-mart, seshanba
“Fulad Sepahon” (Eron) — “Lokomotiv” (O‘zbekiston) 0:2 (0:1)
Gollar: Marat Bikmayev, 14 (0:1). Sardor Mirzayev, 86 (0:2).Ogohlantirish: Sergey Proxorov, 90+3 (L).“Fulad Sepahon”: 1. Rahmon Ahmadiy, 7. Ali Karimiy (12. Husayn Papi, 82), 9. Muhammad Rizo Xalatboriy, 10. Abdulloh Karamiy (6. Muhammadali Ahmadiy, 46), 17. Seniyad Ibrichich (66. Milad Sarlak, 69), 18. Fozil Musayev, 20. Leonardo Padovani, 29. Lusiano Perreyra, 33. Said G‘odifar, 37. Husayn Foziliy, Roshandel.
“Lokomotiv”: 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze (8. Server Jeparov, 46), 10. Marat Bikmayev (44. Sergey Proxorov, 85), 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov, 15. Sardor Mirzayev, 17. Salim Mustafoyev, 18. Timur Kapadze, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 22. Sanjar Shoahmedov (29. Quvondiq Ro‘ziyev, 76), 33. Oleg Zoteyev, 37. Sherzod Fayziyev.
Izoh (0)