Boshqirdistonning Sterlitamak shahrida xususiy bir qavatli uyda yuzaga kelgan yong‘in natijasida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda respublika IIV ma’lumotiga tayanib,“Gazeta.ru” xabar beradi.
“Xususiy bir qavatli, ikki xo‘jalikka mo‘ljallangan uyning yonganligi aniqlandi”, — deyiladi IIV xabarida.
Xonadonlar Sterlitamak shahrida istiqomat qiluvchi 31 yoshli erkak va 53 yoshli ayolga qarashli bo‘lgan.
Hodisa joyida respublika Kriminalistik-ekspertiza markazi ko‘chma laboratoriyasi ishlamoqda. Politsiya halok bo‘lganlarning shaxsi va yong‘inni yuzaga keltirgan sabablarni aniqlamoqda.
Izoh (0)