Germaniyaning Berlin shahrida yengil avtomobilning portlatilishi oqibatida uning haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Politsiya mashinaga portlovchi qurilma joylashtirilganligini tasdiqladi.
Portlashdan so‘ng darhol mahalliy aholiga ko‘chaga chiqmaslik, derazalarni ochmaslik, balkonlarga chiqmaslik va avtomobilga yaqinlashmaslik tavsiya etildi.
Keyinroq politsiya mashina boshqa tahdidni yuzaga keltirmasligiga ishonch hosil qilgach, taqiq bekor qilindi.
Izoh (0)