Meksikaning Kankun shahrida Butunjahon boks kengashi (WBC)ning 50-yubiley kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 166 mamlakatidan jami 900 delegat ishtirok etdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Kongressda Vitaliy Klichko, Serxio Martines, Saul Alvares, Roy Jons, Mayk Tayson, Evander Xolifild, Xulio Sezar Chaves, Jorj Forman, Don King, Oskar De La Xoyya, Ken Norton, “Shugar” Rey Leonard, Rikki Xatton kabi boks olamining mashhur vakillari ishtirok etdi.
Kongressning asosiy tadbiridan so‘ng WBC rahbariyati boks afsonasi Muhammad Aliga boks rivojiga qo‘shgan hissasi uchun oltin toj kiydirdi. Bu marosimni tashkilot prezidenti Xose Sulaymon hamda superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vitaliy Klichko o‘tkazdi.
Izoh (0)