Maslenitsa bayramining so‘nggi kuni (13-mart, yakshanba) Moskva markazida eng katta quymoqni pishirish bo‘yicha rekord amalga oshmadi, deya xabar bermoqda “TASS”. Diametri 3 metr bo‘lgan quymoqni oshpazlar ag‘dara olmadi, va u bir nechta joyidan burdalanib ketdi.
Quymoq tayyorlash bo‘yicha Ginnessning Rekordlar kitobiga munosib rekordni “Ermitaj” bog‘ida o‘rnatmoqchi bo‘lishdi.
Quymoq uchun 60 kg xamir sarf bo‘ldi, uni maxsus uskunalar yordamida 800 kilogrammli tova yuzasiga tekislab chiqishdi, so‘ng idishni cho‘g‘ bo‘lib turgan ko‘mirli qo‘ra ustiga joylashtirishdi. Quymoq yaxshi pishmay qolgan va biroz kuyganiga qaramay, bog‘ tashrifchilari uni mamnuniyat bilan tanovul qildi.
Tashkilotchilar kelasi yildagi ikkinchi urinish muvaffaqiyatliroq chiqishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)