Isroillik harbiylar Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida uch falastinlikni otib tashladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ulardan ikki nafari yahudiylarning Kiryat-Arba qishlog‘idagi avtobus bekatida turgan kishilarni o‘qqa tutgan, uchinchisi esa mashinada armiyaning jipini urmoqchi bo‘lgan.
Ikkala hodisada Falastinning yirik Xevron shahriga birikkan qishloqni qo‘riqlayotgan to‘rt harbiy yaralandi. Ular kasalxonaga yetkazildi.
Ushbu hodisalar yarim yildan buyon deyarli har kuni davom etib kelayotgan arablar hujumlarining navbatdagisi bo‘ldi.
Izoh (0)