Misr Markaziy banki 14-mart, dushanba kuni funtni deyarli 13 foizga devalvatsiya qildi. Bu haqda Financial Times nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Gazetada ma’lum qilinishicha, bu banklararo valyuta kimoshdi savdosi natijalaridan ko‘rinadi. Unda mamlakat Markaziy banki bir dollar uchun 8,85 funt kurs bo‘yicha 200 million dollar sotdi. Bundan avvalgi sotish kursi dollar uchun 7,73 funtni tashkil qilgan edi.
Markaziy bankning tushuntirish berishicha, arzonlashgan funt chet el investitsiyasining hajmini oshirishi va iqtisodiy o‘sishga tahdid qilayotgan dollar taqchilligini bartaraf etishga yordam berishi kerak.
Izoh (0)