“Barselona” klubi yarim himoyachisi Andres Inyesta “Xetafe”ga (6:0) qarshi Ispaniya chempionati 29-turidagi o‘yindan so‘ng La Ligada chempionlik uchun kurash yakuniga yetmaganini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
“Biz yorqin g‘alabaga erishdik, uch ochkoni qo‘lga kiritdik va o‘z maqsadimiz sari yana bir qadam tashladik. Ammo, Ispaniya chempionligi uchun kurash hali yakunlanmadi. Navbatdagi maqsadimiz ‘Arsenal’ni taslim etib, Chempionlar Ligasining keyingi bosqichiga yo‘l olish”, – deydi ispaniyalik yarim himoyachi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” jamoasi Ispaniya chempionatida erishilgan navbatdagi g‘alabasidan so‘ng ochkolari sonini 75 taga yetkazib, eng yaqin ta’qibchisi “Atletiko”dan 8 ochkoga oldinda bormoqda. Uchinchi o‘rinda borayotgan va bir o‘yin kam o‘tkazgan “Real” hisobida 60 ochko mavjud.
Izoh (0)