AQSh davlat kotibi Jon Kerri Saudiya Arabistoni shimolidagi Xafar al-Botin shahrida qirol Salmon bin Abdulaziz as-Saud va mamlakatning boshqa rasmiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Suriya va Yamandagi vaziyatni yumshatish masalasi muhokama qilindi, deb xabar beradi “TASS” Reuters agentligining ma’lumotiga asoslanib.
AQSh davlat departamenti vakili Vashingtonda uyushtirilgan matbuot anjumanida uchrashuv tafsilotlarini bayon qilar ekan, Suriya va Yamandagi vaziyatni siyosiy yo‘l bilan maromga keltirish imkoniyati mavjudligini, jahon hamjamiyati bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarini bo‘shashtirmasligi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)